Bosh sahifa Oʻzbekiston Iqtisodiyot Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari tasdiqlandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari tasdiqlandi

0
513
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda «Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi 3454-sonli qarori qabul qilindi.

Prezidentning mazkur qaroriga asosan mamlakatmizning kelgusi yildagi davlat byudjeti parametrlari belgilanib, daromadlari va xarajatlari miqdori, soliqlarning stavkalari tasdiqlandi.

Unga koʻra, yurtimizda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasining ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha) 2017 yildagi miqdorda oʻzgarishsiz saqlab qolinib, uchinchi shkalasi (eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha) — 16,5 foiz, toʻrtinchi shkalasi (eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqorisi) 22,5 foiz miqdorida, yaʼni oʻtgan yilgiga nisbatan 0,5 foizli punktga pasaytirilgan.

Eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha yaʼni, 172.240 soʻmgacha boʻlgan daromadlar esa soliqqa tortilmaydi.

Eʼtiborli tomoni — endi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqishda eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdori (2018 yil 1 yanvar holatiga 172.240 soʻm)dan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda ham oʻzgarmaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.