Oʻzbekistonning turistik salohiyatini oshirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta boʻlib, xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida oʻtkazilayotgan bu kabi forumlar yurtimizning jahon sayyohlik bozoridagi oʻrnini mustahkamlab, chet ellik sayyohlarni oqimini koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu forum doirasida Xorazm viloyatining investitsion salohiyati taqdimoti, viloyatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishuv, xalqaro tashkilotlar va xorijiy investorlar bilan mahalliy tadbirkor va hokimliklar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha V2V uchrashuvlar hamda koʻplab shartnomalar imzolanishi belgilangan.
Forumda viloyatdagi ishbilarmon doira vakillari bilan bir qatorda xalqaro moliya institutlari vakillari, salohiyatli xorijiy investorlar, yirik sayyohlik kompaniyalari, biznes sohasida faoliyat olib boruvchi yetakchi ekspertlar va mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati