Jurnalist huquqi qonun himoyasida va fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqoli) saylovida ommaviy axborot vositalarining roli

0
295
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyati jurnalistlari bilan oʻtkazilgan seminar ana shu mavzularga bagʻishlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan mazkur tadbirda  jurnalistlar manfaatlarini himoya qiluvchi qonunlar, qarorlar va keyingi yillardagi ulugʻvor  islohotlar, jumladan, fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqoli) saylovidagi oʻzgarishlar va unda  ommaviy axborot vositalarining roli haqida atroflicha gapirildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi T.Yu.Norboyev “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisidagi qonunchilik” mavzusida maʼruza qildi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarmasi rahbari D.Bekchanova, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Oʻ.Matqurbanov, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri vazifasini bajaruvchi S.Rahimberganova, “Inson va qonun”, “Kuch adolatda” gazetalarining viloyatdagi oʻz muxbiri A.Sobirov va boshqalar soʻzga chiqdilar.

Jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Gulyor PALVANOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.