JURNALISTLAR OT OʻYNATIB, FIL SURISHDI…

0
171
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 28 yanvar kuni Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasida OAV vakillari va blogerlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston birinchiligi musobaqasi ham ayni shunday joʻshqin kayfiyatda oʻtdi, murosasiz bahslarga boy boʻldi.

Oʻzbekiston birinchiligi musobaqasida har bir viloyatdan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Toshkent shahridan jurnalistlar ishtirok etishdi.

Murosasiz va qizgʻin kechgan bellashuvlar yakuniga koʻra, ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻqituvchisi Yoqutxon Erkaboyeva birinchi, Surxondaryo viloyati vakili Dinora Xursandova ikkinchi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Dilobar Mamatova uchinchi oʻrinni egalladi. Erkaklar oʻrtasida Sirdaryo viloyati vakili Otabek Haylayev birinchi, “Buxoronoma” gazetasining muxbiri Rustam Ibragimov ikkinchi, “Oʻzbekiston” telekanali xodimi Davron Gʻulomov uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Manbaa: https://t.me/olimjon_usarov

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.