«Karantinda kitob bilan hamnafas» mavzuida xalqaro onlayn-konferensiya

0
173
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi tomonidan  Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi koʻmagida Qozogʻiston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasi bilan hamkorlikda “Karantinda kitob bilan: Yangi formatdagi kutubxona” (“S knigoy na karantine: Biblioteki v novom formate”) mavzusida Xalqaro onlayn-konferensiya tashkil etdi. Unda Qozogʻiston, MDH davlatlari, Italiya, Gruziya, Malayziya, Turkiya, Germaniya, Bolgariya, Xitoy davlatlarining kutubxonasining yetuk vakillari oʻzlarining ayni paytda kitobxonlar bilan olib borilayotgan faoliyati, karantin paytida onlayn kitob yetkazib berishdagi oʻz uslublari asosidagi maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi — kutubxona sohasi mutaxassislari uchun axborot va ilmiy-madaniy onlayn-muhit yaratish, kutubxonachilik sohasidagi milliy qadriyatlarni asrash, maʼnaviy va madaniy jihatlar fikr almashish, pandemiya sharoitida kutubxonalar faoliyatini yoʻnaltirish masalalariga doir mazmunli suhbat olib borish hamda tajriba almashishdan iborat boʻldi.

Internetning ZOOM platformasida boʻlib oʻtgan onlayn-anjumanda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xalqaro aloqalar xizmati rahbari Muhtarama Muratova ham oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. “Kitob oʻqing va oʻzingizni ehtiyot qiling” mavzusiga bagʻishlangan maʼruzasida u mamlakatimizda karantin sharoitida kutubxona faoliyati, masofadan koʻrsatilayotgan kutubxona xizmat turlari, onlayn tarzda tashkil etilayotgan tadbirlar, turli loyiha va taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan konferensiya ishtirokchilarini yaqindan tanishtirdi.

«Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona markazlari — bu respublikaning 14 ta kutubxonasi. Viloyat kutubxonalari ham oʻz oʻquvchilarini unutmaydi va karantin paytida oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlarida onlayn tarzda turli tadbirlarni oʻtkazadilar. Onlayn xizmatlar yordamida oʻquvchilar onlayn darslarni, buktreylerlarini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar, kitob olamiga doir qiziqarli yangiliklardan boxabar boʻlmoqdalar.

Shunday qilib, mamlakatdagi 14 ta AKM oʻz ishini onlayn shaklda takomillashtirmoqda va oʻquvchilar tashqariga chiqmasdan bilim olishlarida oʻz xissalarini qoʻshmoqdalar”, — deya taʼkidladi M.Muratova.

Xalqaro onlayn tartibda oʻtkazilgan konferensiya biz axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun oʻz faoliyatimizni yana bir bor tahlil qilishimizga, yanada yangi loyihalar ustida ishlashimizga va jahon kutubxonalari tajribalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratib berdi.

Hafiza KARIMOVA, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.