2-4 mart kunlari Avstriyaning Zalsburg shahrida karate boʻyicha A seriya toifasidagi musobaqa oʻtkazildi.
Eʼtiborli tomoni, ushbu musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham, sovrindorlar qatoridan oʻrin egallashdi.
Kumite bahslarida -60 kg vazn toifasida Sadriddin Saymatov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.
-67 kg vazn toifasidagi bahslarda Iqboljon Uzoqov ham finalgacha yetib bordi. Afsuski, hal qiluvchi jangda u yaponiyalik raqibga yutqazib qoʻydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi.
Qizlar oʻrtasida -50kg vazn toifasidagi turnirda ishtirok etgan Bahriniso Babayeva bronza medali bilan yurtimizga qaytdi.