Bugun Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga start berildi

0
94
marta koʻrilgan.

 Tokio shahrida XVI Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Marosim  Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oldi. Bu yilgi Paralimpiya oʻyinlarida butun dunyodan tashrif buyurgan 163 ta delegatsiya ishtirok etmoqda. Qayd etish joiz, ular orasida Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 48 sportchi bilan 55 ta yoʻllanmaga sazovor boʻldi.

Milliy Paralimpiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha,  ochilish marosimida para-yengil atletikachilarimiz Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova delegatsiyamiz bayroqdori boʻlishdi.

Eslatib oʻtamiz, Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari 5 sentyabrga qadar davom etadi. Boʻlajak bahslarda hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.