Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat!

0
289
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 sentyabrdagi tegishli bayoni ijrosi doirasida «Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat» gʻoyasi ostida «Keksalar haftaligi» tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan ham poytaxtimizdagi «Oqsaroy» marosimlar zalida «Ustozlar qadr topgan yurt» mavzuida tadbir tashkillashtirildi.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev media sohani muttasil qoʻllab-quvvatlash davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida ekanini taʼkidladi.

Tadbirda uzoq yillar ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borgan ustoz jurnalistlar, oliy taʼlim muassasalarida jurnalistika sohasi boʻyicha yoshlarga taʼlim bergan faxriylar, shuningdek, ayni kunda gazeta va jurnallar, teleradiokanallar hamda internet nashrlarida yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan soha fidoyilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Koʻchimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, taniqli yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad yoshi ulugʻ jurnalistlar hamon katta universitet, ibrat, namuna vazifasini oʻtayotganini, bu esa milliy mass media rivojida alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

– Bugun milliy jurnalistikamiz rivojiga koʻrsatilayotgan eʼtibor har qachongidan ham yuksak, – dedi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ustoz jurnalist Solih Yoqubov. – Bu eʼtibor biz – yoshi ulugʻ ijodkorlarni yanada katta masʼuliyat bilan ijod qilishga undaydi.

Tadbir doirasida bir guruh yubiley yoshiga yetgan ustoz jurnalistlar Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi sovgʻalari bilan taqdirlandi. Yana bir guruh jurnalistlarga Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining aʼzolik guvohnomalari tantanali topshirildi.

Manbaa: jurnalistlar.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.