Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida.
Keng koʻlamli muloqot chogʻida savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo darajadagi hujjatlar, koʻplab tijoriy shartnomalarni imzolash moʻljallanmoqda.