Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʻzgusi

0
718
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va «Quyosh» mahalla faollari bilan hamkorlikda «Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʻzgusi» mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan, joriy etilgan iqtidorli yoshlardan tashkil topgan adabiy toʻgarak aʼzolari ham ishtirok etdilar. Toshkent shahar taʼlim boshqarmasiga qarashli 46-sonli umumtaʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari D. Hotamova bahorgi taʼtilda oʻquvchilarning dam olish vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun kutubxonada badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish maqsadida barcha shart- sharoitlar yaratilganligi haqida gapirib, tadbirni ochib berdi.

 «Quyosh»  mahallasida tashkil topgan adabiy toʻgarak aʼzolari soʻzga chiqib, toʻgarak mashgʻulotlari sheʼriyat, nasr, publitsistika, bolalar sheʼriyati, badiiy tarjima va dramaturgiya yoʻnalishlari boʻyicha olayotgan bilimlari haqida ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashdilar va mahalladagi yosh kitobxonlarga aʼzo boʻlish taklifini berdilar.

V. Sobirova yoshlarga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikning muhim jihatlari va adabiyotlardan toʻgʻri foydalanish hususida toʻxtaldi. Shuningdek, «Bilim» AKM mutaxassisi D. Rajabov kitobxonlik mashgʻulotlarining taniqli jamoat arboblari, shoir hamda yozuvchilar bilan oʻtkazilishining kitobxonlarga ijobiy taʼsiri haqida soʻzlab berdi.

Mavzu yuzasidan Milliy gvardiya zobitlari ham tadbirda faol qatnashib, oʻz fikrlarini bildirdilar. Tadbir yakunida «Quyosh» mahalla raisi A. Pattaxov yoshlarning ijodiy faoliyatiga omadlar tilab oq fotiha berdi.

Hofiza KARIMOVA, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.