Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Urganch davlat universiteti hamda viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida tadbir oʻtkazildi.
Unda Urganch shahar 18-maktab oʻquvchilari uchun UrDU talabalarining qoʻgʻirchoq teatri toʻgaragi tomonidan «Kitobni jonlantiramiz» loyihasi doirasida sahna koʻrinishi namoyish etildi. Abdulla Qodiriyning «Oʻtkan kunlar» romanidan aks ettirilgan teatr sahnasi yosh tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda oʻquvchilarni faol ishtirokini taʼminlash, mutolaaga muhabbatini yuksaltirish maqsadida “Kitob mening doʻstim” mavzusida savol-javob oʻtkazilib, faol oʻquvchilarga yangi nashr etilgan kitoblar sovgʻa qilindi.
Shuningdek, tadbirda “Kitob-nur” doʻkonining kitob savdosi yarmarkasi ham uyushtirildi.
Navroʻz SAPARBOYEV