Kitobsevar onalar

0
600
marta koʻrilgan.

«Kitobxon onalar» kuni munosabati bilan Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida «Uchtepa tuman Hokimiyati va Uchtepa tuman axborot- kutubxona markazi bilan hamkorlikda davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Respublika «Oqila ayollar» harakati aʼzosi S. Poʻlatova, Uchtepa tuman xotin-qizlar boʻyicha hokim oʻrinbosari M. Aripova, Chilonzor va Uchtepa tuman mahallalari Oqila ayollar harakati yetakchilari B. Qoʻchqorova, M. Rahimjonova, N. Nurmatovalar, shahar boʻyicha kutubxona mutaxassislari hamda keng kitobxonlar ommasi oflayn va onlayn tarzda qatnashishdi.

Tadbirni Toshkent shahar «Bilim» AKM direktori H. Karimova ochib, oʻzining kirish soʻzida Prezidentimiz tomonidan kitobxonlik, mutolaa madaniyatini oshirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligi va kitobxonlik oiladan boshlanishi zarurligini alohida taʼkidladi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oqila ayollar harakatining maqsadi mahallalarda sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati, ibratli ota-ona boʻlishning ahamiyati, maʼrifatli jamiyatni qurishda maʼrifatli onalarning roli hamda farzand, ayniqsa, qizlar tarbiyasi, yosh onalar maʼnaviyatini yuksaltirish faqatgina kitobxonlik, mutolaa madaniyatini takomillashtirish orqali erishish toʻgʻrisida oʻz hayotiy tajribalari asosida maslahatlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Davra suhbatida kutubxona AKT boʻyicha direktor oʻrinbosari S. Xudoyberdiyeva yigʻilganlarga kutubxona xizmatlari, foydalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berdi.

Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D. Rasulova tomonidan «Kitobxon onalar — buyuk kelajak kafolati» mavzuli adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil qilindi va koʻrgazmadagi Xadicha Kubro Tongarning «Baqirmaydigan onalar» kitobi taqdimoti barchaga juda manzur boʻldi.

Tadbir soʻngida Uchtepa hokimiyati tomonidan mahallalardagi Oqila ayollar harakatining faol yetakchilariga esdalik sovgʻalar va tashakkurnomalar topshirildi.

Davra suhbati juda qiziqarli, mazmunli va qizgʻin fikr va mulohalalarga boy boʻlishi bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.                                            

  M. Inoyatova, Toshkent shahar «Bilim» AKM mutaxassisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.