Bugungi kunda deyarli barcha yoshdagi shaxslar, ayniqsa, bolalar kompyuter (planshet, noutbuk)larda turli qiziqarli oʻyinlar juda koʻp boʻlganligi uchun ham undan uzoqlashmaydilar.
Koʻpchilik ota-onalar kompyuter oʻyinlarini kichkintoylarning beminnat «ovunchogʻi» deb biladilar: oldiga qoʻysang — bola shu bilan ovora boʻlib, jimgina uyda oʻtiradi. hattoki, soatlab oʻtiraveradi, koʻchada tentirab yurmaydi. Hozirgi davrda mobil telefoni, planshet, smartfon, notbuk va kompyuter kabi qurilmalar mavjud boʻlmagan oilani uchrata olmaymiz, shu sababli ham kichkintoylar olamni anglay boshlagan ilk kunlaridanoq mazkur qurilmalarga qiziqa boshlaydilar.
Koʻp yillardan buyon jahondagi koʻplab mutaxassis-olimlar zamonaviy kommunikatsiya qurilmalarining inson markaziy asab tizimiga salbiy elektr-magnit taʼsiri mavjudligini taʼkidla yotganliklaridan xabardormiz. Bu, ayniqsa. bola organizmiga kuchli taʼsir etadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning muntazam ravishda, planshet yoki smartfon ilovalaridagi oʻyinlar bilan shugʻullanishi ularning intellektual rivojlanishiga ham taʼsir etadi. Bolalar yuqori chastotali elektr-magnit taʼsirga ega: telefon, smartfon, planshetlardan foydalanishi umuman sanitariya meʼyorlari talablariga javob bermaydi. Mazkur qurilmalar bolaning ruhiy rivojlanishiga ham quyidagicha salbiy taʼsir koʼrsatadi:
Birinchidan sensorli ekrandan foydalangan bolalarda bosh miyaning signaliga qoʻl harakatlari nomuvofiq boʻladi. Bunday bolalar koʻproq foydali hisoblangan harakatli oʻyinlar bilan shugʻullanishga umuman qiziqmay qoʻyadilar. Soatlab sichqonchadan foydalanish esa barmoqlarning ogʻrishiga sabab boladi, shuningdek bolaning engashib oʻtirishi uning qomatiga zarar yetkazadi. Kompyuterdan foydalanib bola sensorikani his etmaydi. Bundan tashqari, bola qoʻlidagi mayda motorikasining rivojlanishiga ham taʼsir etadi. Ikkinchidan, bolaning smartfon va planshet ekranlaridagi obektlarga tikilib oʻtirishlari koʻrishdagi muammolarni yuzaga keltiradi.
Uchinchidan, planshet va smartfonlardan uzoq vaqt foydalanish bolaning boyin qismida muammolar yuzaga keladi. Bola kompyuter oʻyinlari bilan band boʻlganida ekranga tikilaverib, kipriklari pirpiraydigan boʻlib qolishi kabi yomon holatlar paydo boʻladi. Bundan tashqari, ayrim tajovuzkor oʻyinlar bolalarning dunyoqarashini buzadigan quyidagicha salbiy taʼsirlarni koʻrsatadi:
Bola oʻyinda koʻrganidek, haqiqiy hayotda ham odamlarning hayotini tuganmas. qayta, qoʻshimcha jon» olib yashash mumkin degan tasavvurga keladi, oʻyinni qayta boshlash mumkin boʻlganidek, haqiqiy hayotda, koʻchada ham turli xavfli vaziyatlarga yengil yondashadigan odat shakllanadi.
Bolada har qanday ziddiyatli holatni kuch bilan hal etish zarur degan fikr uygʻonadi. kuch — asosiy maqsadga aylanib, kelishish yoʻli bilan hal etish mumkinligini, hattoki, xayollariga ham keltirmaydilar.
Kompyuter oʻyinlari qahramonlarining xulq-atvori haqiqiy hayotdagi bolaga oʻtadi, boshqalarga rahmsizlarcha munosabatda boʻlish oddiy holatdek — goʻyo buning uchun hech narsa boʻlmaydigandek, bu shunchaki oʻyindk tuyuladi! Agar oʻyin qahramoni xavfli olov, balandlik. jarliklar ustidan sakrab oʻtsa ham, hech bir zarar koʻrmasligi va yana bir necha hayot zahirasiga egaligi bolaning ongida unga ham hech narsa zarar yetkaza olmaydi, degan fikr shakllanadi. Bola umuman hech bir xavf-xatardan choʻchimaslik kerak degan fikrda boʻlib, oʻzlarini virtual qahramonlardek his eta boshlaydi.
Kompyuter oyinlari bolalarda ruhiy zoʻriqish(stress), depressiya holatlarini yuzaga kelishiga sababchi boʻlishi ham mumkin. Tajovuskor mavzudagi kompyuter oʻyinlarini yosh bolalar oʻynashiga umuman yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Aksincha, psixologik xavfsiz va taʼlimiy mavzudagilarini taklif etish maqsadga muvofiq boʻladi. Kompyuter oʻyinlari bolalarda harakatchanlik, natijalarga erishish tomon intilishni soʻndiradi, virtual olamdagidek, hamma narsani oson qoʻlga kiritish mumkin degan tushunchani shakllantiradi. Bolalar sichqoncha tugmasini bosish bilan masalani hal qilish mumkin degan fikr bilan yondashib, turli harakatlarga odatlanadilar — kompyuter qurilmalari va oʻyinlar ham vaqtni koʻn- gildagidek oʻtkazish va zeriktirmaydigan manba sifatida bolani xursand qiladi.
Kompyuter oʻyinlaridan olgan notoʻgʻri taassurotlarini hayotda ham qoʻllashga intiladi. Bu notoʻgʻri xulq-atvor modeli uning hayotda bilim olish, mehnat qilib, biror orzu-umidlarini roʻyobga chiqarishida toʻsqinlik qiladi — shu sababli bir marta uringanida natijaga erisha olmasa, yana harakat qilish, intilish oʻrniga yoki maqsadidan osongina voz kechadi, yoki salbiy harakatlar bilan boʻlsada. boshqa yoʻllarni qidira boshlaydi. Bundan tashqari. eng yomoni kompyuter oʻyinlari bolani qaramlikka olib keladi. Maʼlumki, kompyuterga qaramlik ham juda xavfli kasallik ekanligi haqida maʼlumotlar koʻp.
Yaxshisi bolani kitob mutolasiga va turli hil milliy oʻyinlarga jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Sayyora MIRZAYEVA, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti