Kompyuter oʻyinlarining bola ong-shuuriga taʼsiri

0
1297
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda deyarli barcha yoshdagi shaxslar, ayniqsa, bolalar kompyuter (planshet, noutbuk)lardagi turli oʻyinlarni xush koʻradilar. Afsuski, ular juda koʻp va kundalik hayotimizga keng kirib kelyapti.

Koʻpchilik ota-onalar kompyuter oʻyinlarini kichkintoylarning beminnat «ovunchogʻi» deb biladilar: oldiga qoʻysang — bola shu bilan ovora boʻlib, jimgina uyda oʻtiradi. hattoki, soatlab oʻtiraveradi, koʻchada tentirab yurmaydi. Hozirgi davrda mobil telefoni, planshet, smartfon, noutbuk va kompyuter kabi qurilmalar mavjud boʻlmagan oilani uchrata olmaymiz, shu sababli ham kichkintoylar olamni anglay boshlagan ilk kunlaridanoq mazkur qurilmalarga qiziqa boshlaydilar.

Koʻp yillardan buyon jahondagi koʻplab mutaxassis-olimlar zamonaviy kommunikatsiya qurilmalarining inson markaziy asab tizimiga salbiy elektr-magnit taʼsiri mavjudligini taʼkidlamoqdalar. Bu, ayniqsa. bola organizmiga kuchli taʼsir etadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning muntazam ravishda, planshet yoki smartfon ilovalaridagi oʻyinlar bilan shugʻullanishi ularning intellektual rivojlanishiga ham taʼsir etadi. Bolalar yuqori chastotali elektr-magnit taʼsirga ega: telefon, smartfon, planshetlardan foydalanishi umuman sanitariya meʼyorlari talablariga javob bermaydi. Mazkur qurilmalar bolaning ruhiy rivojlanishiga ham quyidagicha salbiy taʼsir koʻrsatadi:

Birinchidan sensorli ekrandan foydalangan bolalarda bosh miyaning signaliga qoʻl harakatlari nomuvofiq boʻladi. Bunday bolalar koʻproq foydali hisoblangan harakatli oʻyinlar bilan shugʻullanishga umuman qiziqmay qoʻyadilar. Soatlab sichqonchadan foydalanish esa barmoqlarning ogʻrishiga sabab boʻlaadi, shuningdek bolaning engashib  oʻtirishi uning qomatiga zarar yetkazadi. Kompyuterdan foydalanib bola sensorikani his etmaydi. Bundan tashqari, bola qoʻlidagi mayda bugʻimlarning rivojlanishiga ham taʼsir etadi.

Ikkinchidan, bolaning smartfon va planshet ekranlaridagi obektlarga  tikilib oʻtirishlari koʻrishdagi muammolarni yuzaga keltiradi.

Uchinchidan, planshet va smartfonlardan uzoq vaqt foydalanish bolaning boʻyin qismida  muammolar yuzaga keladi. Bola kompyuterda oʻyinlar bilan band boʻlganida ekranga tikilaverib,  kipriklari pirpiraydigan boʻlib qolishi kabi yomon holatlar ham paydo boʻladi. Bundan tashqari,  ayrim tajovuzkor oʻyinlar bolalarning dunyo-  qarashiga salbiy taʼsir  koʻrsatadi, tajavuzkor kayfiyat sodir boʻladi.

Har qanday ziddiyatli holatni kuch bilan hal etish zarur degan fikr uygʻonadi. Kuch — asosiy    maqsadga aylanadi. Muammoni kelishish yoʻli bilan hal etish mumkinligini, hattoki, xayollariga ham keltirmaydilar.

Tasviriy oʻyinlar qahramonlarining xulq-atvori haqiqiy hayotdagi bolaga oʻtadi, boshqalarga rahmsizlarcha munosabatda boʻlish oddiy holatdek — goʻyo buning uchun hech narsa boʻlmaydigandek, bu shunchaki oʻyindek tuyuladi! Agar oʻyin qahramoni xavfli olov, balandlik. jarliklar ustidan sakrab oʻtsa ham, hech bir zarar koʻrmasligi va yana bir necha hayot zahirasiga egaligi bolaning ongida unga ham hech narsa zarar yetkaza olmaydi, degan fikr shakllanadi. Ular oʻzlarini virtual qahramonlardek his eta boshlaydi.

Tavsiyamiz bolalarni qadimiy milliy oʻyinlarimizga odatlantirish kerak. Oʻzimiz oʻynagan– chillak, beshtosh, bekinmachoq kabi milliy xalqona oʻyinlarga qiziqtirish koni foyda. Bular bolaning harakatlanib turishini taʼminlash bilan birga  epchillikka, sergaklikka, abjirlikka oʻrgatadi.

 Sayyora MIRZAYEVA,  Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.