Qashqadaryo viloyat hokimi, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha viloyat kengashi raisi Murotjon Azimov joriy yil 9 oyida viloyatda 552 ta korrupsion jinoyat sodir etilganligi va bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 114 taga oshganiga toʻxtalar ekan, boshqa bir jihatga ham eʼtibor qaratdi:
Masalan, qonunchilikda davlat fuqarolik xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taʼqiqlangan boʻlsada, hokimlik, moliya va gʻaznachilik boshqarmasi xodimlaridan 34 nafari tadbirkorlik subyektlarida taʼsischi yoki rahbar sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
Shundan, 1 tasi hokim, 16 tasi hokim oʻrinbosari, 4 tasi hisobchi, 3 tasi yurist, 1 tasi kadrlar tarmogʻi rahbari, 2 tasi hokim yordamchisi, 1 tasi matbuot kotibi (PQ-4366 qaror boʻyicha rahbar oʻrinbosariga tenglashtirilgan), 2 tasi moliya boʻlimi boshligʻi, 4 tasi moliya va gʻaznachilik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi sayti