Korrupsiya – mamlakatlar taraqqiyoti zavoli

0
123
marta koʻrilgan.

Korrupsiya soʻzi lotin tilidan kelib chiqqanini eʼtiborga olsak, bu  juda qadimiy illat, jamiyatning eng ogʻriqli dardi ekanligini,  davr bilan zamon bilan uning yangi- yangi shakllari vujudga kelishini anglash mumkin.

Korrupsiya – el-yurt manfaatidan oʻz manfatini ustun qoʻyish, nafs balosiga griftorlik, oʻylamay bosilgan qadamlar… Bu illat natijasida jamiyat, davlat zarar koʻradi. Ushbu yoʻlga kirgan insonning atrofidagi yaqinlari ozorlanadi. Ayollar, onalar azoblanadi, bolalar qarovsiz qoladi. Shuning uchun ushbu illatga qarshi butun dunyo ahli birgalikda kurashmoqda.

BMT tomonidan 2003-yil 9-dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kunlik konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan korrupsiyaga qarshi xalqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni yaʼni 9 dekabr  BMT tomonidan ”Butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilindi. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirishi dunyo mamlakatlarining ushbu illatga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pogʻonaga koʻtardi.

Mustaqil Oʻzbekiston ham 2008 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro konvensiyasiga, 2010 yilda esa Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmogʻi – Istanbul harakat dasturiga qoʻshildi. Xalqaro va milliy huquq meʼyorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashishning Milliy rejasi ishlab chiqildi.

  Mamlakatimiz  Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish, davlat boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaviy illatlarga qarshi kurashi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish belgilangan.

  Shuningdek,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bir necha farmon va qarorlari qabul qilindi.

Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning ichki va tashqi nazorat usullari mavjudligi oʻrganildi. Mamlakatimizda ham bunga eʼtibor berildi.

Ichki nazorat  usuli – boshqaruv apparatining oʻzida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar  yaratishni taqazo etdi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki axloq qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish va boshqaruv organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. Masalan, Toshkent shahar hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi shulardan biridir.

Kecha Toshkent shahar hokimiyatida Toshkent shahar hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining uchinchi  majlisi boʻlib oʻtdi.

 Unda Toshkent shahar hokimligining Murojaatlar boʻlimi boshligʻi N. Botirov korrupsiyaga  oid aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi masalada maʼruza qildi:

 – 2023 yil davomida Toshkent shahar va tuman hokimliklariga barcha manbalar orqali 98 126 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu raqamlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17 986 taga yoki 15,4 foizga kamaygan. Shundan, 13 798 tasi Toshkent shahar hokimligi va 84 328 ta tuman hokimliklarida koʻrib chiqilgan.

Korrupsiya alomatlari haqida xabardor qilingan murojaatlar kelib tushmagan.

Murojaatlar sohalar kesimida oʻrganib chiqilganda asosiy qismini 21 223 tasi uy-joy, kommunal masalalar, 16 591 tasi uy-joy va yer ajratish, 8 436 tasi moddiy yordam ajratish hamda 6 647 tasi qurilish va yoʻl taʼmirlash masalalarini tashkil etadi.

Ushbu yigʻilishda OAVlari xodimlari ham qatnashdi.   Hozir Oʻzbekiston televideniyesi “Yoshlik” kanalining  «Davr» axborot dasturidan lavhani  eʼtiboringizga havola qilamiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.