Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Toshkent shahar kengashining taʼsis yigʻilishi

0
264
marta koʻrilgan.

Bugun 2021 yil 27 sentyabr kuni Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Toshkent shahar kengashining taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, boshqarmalar hamda nodavlat va notijorat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev yigʻilishni qisqacha kirish soʻzi bilan ochib, hududiy kengashlar tashkil etilayotganligining sabab va maqsadlari  haqida gapirdi.

Yigʻilishda Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy Kengashi raisi va aʼzolari tasdiqlanib, ularning vazifalari toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Oʻzbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov yangi Oʻzbekiston islohotlari davrida korrupsiyaga qarshi kurashish kuchayganligi, davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylanganligi haqida gapirib, hududiy kengashlarning maqsad va vazifalarini  sharhlab berdi.  

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov soʻzga chiqib, aholining huquqiy bilimi, ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash munosabatini shakllantirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yigʻilishda Kengash aʼzolariga Qoraqalpoqiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari toʻgʻrisidagi Nizom tarqatildi (Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2021 yil 19 avgustdagi 4-sonli bayonnomasiga 2-ilova).

Raʼno ZARIPOVA, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Toshkent shahar kengashi aʼzosi

Fotolar muallifi: Toshkent shahar hokimiligi Matbuot xizmati olgan suvratlar

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.