Ayni kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash boʻyicha 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.
Musobaqaning birinchi kunida -81 kg, -90 kg, -100 kg va 100 kgdan yuqori vazndagi oʻgʻil bolalar hamda -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalaridagi qizlar oʻrtasida bahslar oʻtkazildi.
Qitʼa birinchiligining ilk kunida vakillarimiz 12 ta (6 ta oltin va 6 ta kumush) medalni qoʻl kiritishdi. Eʼtiborli jihati birinchi kungi bahslarda yigitlarimiz barcha vazn toifalarida yaqqol ustunlik bilan birinchi va ikkinchi oʻrinlarni band etishdi.
Qizlarimizdan esa Iroda Mamasheva (-57 kg), Zarnigor Rahmiddinova (-52 kg) oltin, Barno Malikova (-44 kg) va Dillola Dehqonboyeva (-48 kg) kumush medalga sazovor boʻlishdi.