KVON YON U: Yangi yilda ham birgalikda yanada samarali loyihalarni amalga oshiramiz

0
172
marta koʻrilgan.
– Oʻzbekistonda soʻnggi 2 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan katta oʻzgarishlarga guvoh boʻldik. Davlatingiz tomonidan olib borilayotgan tub islohotlar avvalo diplomatik aloqalar, iqtisodiyot, siyosat, mudofaa va boshqa sohalarda namoyon boʻlmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy sohalarga qaratilayotgan alohida eʼtibor, aholiga yaratilayotgan sharoitlar bunga yorqin misoldir. 
 
2018 yil soʻnggida xalqaro hamjamiyat Oʻzbekistonga yana bir bor yuksak baho berdi. Bu yurtingizning inson huquqlari va qadriyatlarini hurmat qilish borasidagi tashabbusi bilan bogʻliq. 12 dekabrda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan gʻoya asosida BMT Bosh Assambleyasining «Maʼnaviyat va diniy bagʻrikenglik» rezolyusiyasi qabul qilindi. Bu juda muhim rezolyusiya hisoblanadi va Koreya Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlaydi.
 
Yaqinda AQSH Davlat kotibining Oʻzbekistonni «alohida xavotirga sabab boʻluvchi mamlakatlar roʻyxati»dan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori ham Shavkat Mirziyoyev yuritayotgan oqilona siyosat tufayli deb bilaman. Oʻzbekiston hukumati va xalqini mana shunday yutuqlar bilan tabriklash men uchun katta sharaf. 
 
Oʻzbekiston – Koreya munosabatlari konstruktiv ruhda rivojlanib bormoqda. 2017 yilda davlatingiz rahbarining Koreyaga tashrifi tarixiy voqea boʻldi. Bu davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi va yanada mustahkamladi. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va doʻstlikka asoslangan hamkorlik uning keyingi rivojiga xizmat qiladi. 
 
Koreya Respublikasi bilan Oʻzbekiston oʻrtasida keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Yangi yilda ham birgalikda yanada samarali loyihalarni amalga oshiramiz degan umiddaman. 
 
Kvon Yon U, 
Koreya Respublikasining 
Oʻzbekistondagi Favqulodda 
va muxtor elchisi
 
Manbaa: OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.