Litsenziya olish tartiblari osonlashtirilgani investorlarni ham qiziqtirib qoʻydi

0
140
marta koʻrilgan.

Urganch shahar Davlat xizmatlari xodimlari  investorlar va tegishli tashkilot vakillari bilan uchrashuv uyushtirdilar.

Eron islom respublikasidan tashrif buyurgan ikki nafar investorlarga markaz xodimlari tomonidan zarur maslahatlar berildi.
– Xorazmga avval ham kelganmiz, Qadimiy yurtingizda  uchinchi marta mehmonmiz.  Oʻzbekiston menga juda manzur va maʼqul. Chunki, insonlari dilkash hamda samimiy. Xorazmga esa 5 yil oldin kelgan edim, Oʻtgan qisqa davr ichida shahringiz umuman boshqacha goʻzal  qiyofaga ega boʻlibdi. Oʻzgarishlardan, yangiliklardan lol qoldim. Rivojlanish tez surʼatlarda olib borilmoqdaki, biroz muddat kelmagan inson bu yerni tanishi qiyin, – deydi eronlik investor Gʻulom Rizo Hasanzoda. – Bu safargi tashrifimizdan koʻzlangan asosiy maqsadimiz Xorazm viloyatida onkologik kasalliklarni aniqlash va uni davolash boʻyicha klinika ochishdir. Investorlarga qulayliklar va litsenziya olish tartiblari bizni qiziqtirayotgandi. Markaz xodimlarining maslahatlari ish boshlashimizda juda asqotadi.
Darhaqiqat,  Davlat xizmatlari xodimlarining tezkor ish uslubi investortlarni  ham qiziqtirib qoʻydi.

Maftuna Roʻzimatova, Xorazm viloyat Davlat xizmatlari

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar shoʻbasi yetakchi maslahatchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.