«Lokomotiv» — Oʻzbekiston kubogi sohibi

0
160
marta koʻrilgan.

Bugun, 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Lokomotiv» oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi uchun final bellashuvi oʻtkazildi, deya xabar beriladi kun.uz saytida.

Unda avvalroq mavsum chempionligini qoʻlga kiritib boʻlgan «temiryoʻlchilar» kubok finalida ham gʻalaba qozondi. Oʻyin taqdirini Marat Bikmayev 7-daqiqada urgan gol hal qildi.

Bu natija, Toshkentning uchinchi jamoasi «Paxtakor»ga qoʻl keldi. 

«Lokomotiv» bunga qadar Oʻzbekiston chempionatining 2017 yilgi mavsumi chempioni sifatida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun berilgan 1 dona kvotani yutib olgandi. Qarshining «Nasaf» klubi esa 2-oʻrin egasi sifatida OCHL saralashida oʻynaydi. Uchinchi yoʻllanmani Kubok sohibi qoʻlga kiritishi kerak edi. Agar finalda zafar quchganida uchinchi yoʻllanma «Bunyodkor»niki boʻlardi. Ammo «Lokomotiv» gʻalaba qozongani uchun endi bu kvota chempionatda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan «Paxtakor» jamoasiga nasib etadigan boʻldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.