Xalqaro press-klubning Fargʻonada amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy oʻzgarishlarga bagʻishlangan sayyor sessiyasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi Alisher Saʼdullayev soʻz oldi:
Fargʻonalik yoshlarni «Loyihalar fabrikasi»ga jalb qilish, tashabbuskor yoshlarni viloyat hududlari rivojlanishida ishtirokini oshirish maqsadida taklif va dasturlar ishlab chiqildi.
Oʻzini «Loyihalar fabrikasi»da doimiy faoliyat yuritishga bagʻishlagan yoshlarga 10 mln. soʻmdan oylik beriladigan boʻldi. Qoʻshimchasiga oʻsha yoshga oʻz loyihasi amalga oshadigan boʻlsa, undan ham maʼlum bir foiz ajratib beriladi.
Davlat rahbari tomonidan shijoatli yoshlarni mahalliy korxonalarga amaliyotlarga yuborish taklif qilindi. Ehtiyoj boʻlsa xorijiy kompaniyalarga tajriba almashishga yuborish rejalashtirilgan.
«Loyihalar fabrikasi»da doimiy ishlaydigan yoshlarga 10 mln soʻm oylik beriladi
Manbaa@aoka_uz