AQSH tinchlik institutida Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan davra suhbati kechdi. Muftiy Usmonxon Alimov oʻz nutqida eʼtiborni diniy erkinlikni taʼminlash borasida qilinayotgan islohotlarga qaratdi.
“Jaholatga jaholat emas, maʼrifat bilan javob berishimiz kerak”, degan gapi juda iliq qarshi olindi. Uni tinglagan ekspertlar, tahlilchi va faollar Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga, oshkoralik va adolat uchun sharoitni yaxshilab, eʼtiqod bilan bogʻliq savol va tanqidlarga befarq boʻlmaslikka chaqirdi.
Oʻzbekiston rasmiylari taʼkidladiki, mamlakat bugungi yoʻlidan orqaga qaytmaydi. Muftiy bilan kelgan deputat Akmal Saidovning “Amerika ovozi”ga aytishicha, Oʻzbekiston “alohida xavotirga molik davlatlar” qatorida boʻlishni va bunday roʻyxatlarga qayta tushishni aslo istamaydi. Respublika yaqingacha AQSHning mana shunday tamgʻasi ostidagi mamlakat edi.
Akmal Saidovning “Amerika ovozi”ga bergan intervyusining videosini OʻzA saytida koʻrishingiz mumkin