DIQQAT TANLOV: YANGI OʻZBEKISTON – MENING NIGOHIMDA!

0
868
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi va Toshkent shahar «Sogʻlom ona va bola» nodavlat notijorat tashkiloti hamda gujum.uz cayti bilan hamkorlikda  Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan YANGI OʻZBEKISTON -MENING NIGOHIMDA! nomli  rasmlar tanlovini  eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilardan  Yangi Oʻzbekiston qiyofasini hamda «Inson qadri» shiori ostida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar ruhi aks  ettirilgan lavhalar muhrlangan fotosuratlar  qabul qilinadi.

Ishtirokchilarning yoshi: chegaralanmagan

Har bir ishtirokchidan beshtagacha fotosurat qabul qilinadi.

Tanlov kengashi tomonidan eng sifatli rasmlar saralanadi va sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylab boriladi. Eng koʻp layk toʻplagan  3 ta ishtirokchi homiylar tomonidan taqdirlanadi.

Tanlov materiallari 10 iyundan 10 avgustgacha @SSSZM2008   profilida qabul qilinadi.

Tanlovga kelgan fotolar kutubxonaning web-sayti, (http://bilim.natlib.uz/) Telegram (https://t.me/bilim_akm), Facebook (https://www.facebook.com/bilimakm) va Instagram (https://www.instagram.com/bilim_akm/) hamda gujum.uz saytida va uning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

Natijalarni eʼlon qilish va taqdirlash marosimining sanasi keyinroq maʼlum qilinadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.