Mahalla oqsoqoli — mahallaning tayanchi

0
244
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon nomidagi kutubxonada Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan Olmazor hamda Shayxontohur tuman mahalla oqsoqollari bilan davra suhbati uyushtirildi.

Respublika mahalla boshqaruvidan tashrif buyurgan G. Yoʻlchiyeva mahalla oqsoqollariga berilayotgan imkoniyatlar va mahallalar shart-sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohatlar haqida gapirib,  mahalla oqsoqoli — mahallaning tayanchi ekanligini taʼkidladi.

«Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish» boʻlimi mutaxassisi M.Xodjiakbarova kutubxona boʻylab sayohat uyushtirib, ziyo maskanidan foydalanish qoidalari hamda koʻrgazmadagi adabiyotlar koʻrgazmasi bilan tanishtirdi.

Suhbat davomida kutubxona yonginasida bunyod etilgan «Nuroniylar markazi» sanatoriyasi haqida ham maʼlumotlar berildi.

Suhbat yakunida tadbir ishtirokchilari ziyo maskanlari faoliyatini va mutola madaniyati yanada  yuksaltirish xususida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Hafiza Karimova, Toshkent shahar  «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.