Maktabga Chingiz Aytmatov byusti oʻrnatiladi, poytaxtimizning markaziy koʻchalaridan biriga adib nomi beriladi

0
138
marta koʻrilgan.

Chingiz Aytmatov nomi kirib bormagan, kitoblari javonlaridan joy olmagan biror bir oʻzbek xonadoni yoʻq. Atoqli adib asarlari nafaqat qirgʻiz, balki oʻzbek xalqi uchun ham birdek qadrdon. 

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi munosabatlar tarixida yangi davr boshlangan hozirgi paytda Chingiz Aytmatovning oʻlmas badiiy merosi xalqlarimiz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Prezidentimizning “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan adib nomini ulugʻlash, xotirasini abadiylashtirish maqsadida yurtimizda xayrli ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, xotira kitobi chop etilib, adib hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi. 

Shuningdek, Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomini berilib, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini oʻrnatish koʻzda tutilgan. 

OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.