Navroʻzi ayyom  tadbiri dillarga shavqu-zavq ulashdi

0
65
marta koʻrilgan.

Yunusobod tumani «Registon» mahallasida «Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz» mavzusi boʻyicha bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda mahalla raisi Sh.Boltaboyev, mahalla yettiligi, «Keksalar maslahat guruhi» aʼzolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Bayram dasturida yangilanish ayyomi Navroʻzi olamning boʻy-basti namoyon qilindi. Xushovoz xonandalar, ijrosidagi kuy va qoʻshiqlar yangradi.

Sahnada oʻzbek xalqiga   xos milliy urf-odatlar aks ettirildi, moziydan meros boʻlib kelayotgan laparlar ijro etildi. Folklor-etnografik va badiiy jamoalarining tomoshalari barchani mamnun qildi. Bayram tadbiriga kelin salomlari, alyorlar ulanib ketdi. Mashhur sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, bolajonlarning ishtiroklari Navroʻz bayramiga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Bayram dasturxoni milliy taomlar bilan bezaldi.Unda bahoriy taomlar – sumalak, koʻksomsa, halim, chuchvara, qatlama, palov singari noz-neʼmatlar tortiq qilindi. Doshqozonda sumalak tayyorlanib, qozon atrofida oʻyin -kulgular, raqslar tashkil qilinib, hamma oʻz istagini bildirdi.

Nuroniylar sharqona yangi yil yurtimizga qut-baraka, rizq-nasiba, tinchlik-xotirjamlik olib kelishini soʻrab, duoga qoʻl ochdi. 
Tadbir davomida Respublika  Madaniyat vaziri O.Nazarbekov tomonidan mahalla faollariga  tashakkurnomalar topshirildi.

Yasharish va yangilanish ayyomi Navroʻzga bagʻishlangan bayram sayli kun boʻyi davom etdi. Bir soʻz bilan aytganda, “Registon” mahallasida Navroʻz ayyomi koʻtarinki kayfiyat, shirin diydor, bayramona shukuhni bir joyga jamladi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.