Kitob — hayot hikmatlarini oʻrgatuvchi javohirlar sandigʻi. U kishida ota-onaga, el-yurtga, Vatanga muhabbatni ongu shuurga singdiradi. Ezgulikka chorlaydi. Ong-shuurni nurlantiradi.
Bugun “IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida Lutfullo Mahmud va Hafiza Karimovaning «Quyosh yurakli inson» kitobi taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimotda Oʻzbekiston jahon tillari universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Axborot-bibliografiya xizmati bosh bibliografi Sh. Yunusaliyeva yigʻilganlarga ushbu kitobning mazmun-mohiyati haqida gapirarkan, kitob qahramoni Shahzod Dursunovning talabalik davridayoq eng qadimiy xalq sanʼati turlaridan biri sifatida ardoqlanib kelingan, qadimgi yunon mutafakkirlari Suqrot, Pifagor, Platon tomonidan eʼzozlangan teatr sanʼati estetikaning asosiy tamoyili sifatida tan olingani haqida mulohaza yuritadi.
Tadbir oʻzaro savol-javoblar va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bilan qizgʻin davom etdi.
Mazkur kitob kitobxonlar koʻnglidan chuqur joy oladi, degan umiddamiz.
D. Raximbabayeva, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi matbuot xizmati rahbari