Milliy stadionda yoshlar bayrami

0
164
marta koʻrilgan.
Poytaxtimizdagi muhtasham “Milliy“ stadionda 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar – Oʻzbekiston kelajagi” deb nomlangan bayram gala-konserti oʻtkazildi. 
 
Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan shodiyonaga 20 mingga yaqin tamoshabin yoshlar tashrif buyurdi. 
 
Tadbirni Toshkent shahar hokimi Jahongir Abidovich Artiqxodjayev kirish soʻzi bilan ochib, mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlashi, orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilayotgan alohida eʼtibor yuksak samaralar berayotganini taʼkidladi. 
 
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining faxriy qorovuli va harbiy orkestrining alohida musiqiy-koʻrgazmali chiqishlari yoshlar olqishiga sazovor boʻldi. 
 
Tantanali bayramda yosh sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari, badiiy jamoalar, estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi barchada katta taassurot qoldirdi.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.