Mahalla aholisi yashil hududni asrab qoldi

0
127
marta koʻrilgan.

 Bugungi kunda Toshent shahrining Yunus Rajabiy nomidagi mahalla aholisining xursandligi cheksiz. Yetti mingga yaqin kishi yashaydigan ushbu jamoa bilan bogʻ-rogʻ bunyod etilgan yashil hududda koʻp qavatli turar-joy majmuasini qurishni rejalashtirgan tashkilot bilan ziddiyat mavjud edi va u hal etildi.

– Mahalla tashabbusi bilan bir davrlardagi Toshkent teatr va sanʼat instituti  oʻrnida yaratilgan bogʻ-rogʻli hudud asrab qolindi. Poytaxt hokimining joriy yil 4-maydagi qarori bilan Toshkent shahar hokimining 2018 yil 17 martdagi 509-sonli «UNIQUE TRADE BUSINESS»  xususiy korxonasiga koʻp qavatli bino qurilishi uchun berilgan ruxsat toʻgʻrisidagi qarori bekor qilindi, – deya gapirdi Yakkasaroy tumanining Yunus Rajabiy mahallasi raisi Ulugʻbek Hakimov MFY faollarining yigʻilishida. Ushbu yangilikdan, ezgulikni qoʻllab quvvatlagan hokimiyatdan aholi mamnun boʻldi.

Xalq toʻlqindir, xalq kuchdir degani shuda!

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.