“Mahallabay” ishlash tizimi muammolarini yechishga koʻmak

0
129
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda tuman “Xalqparvar” komissiyasi aʼzolari xamkorligida  Toshkent shahrida “Mahallabay” ishlash tizimini takomillashtirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash, ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish, oila munosabatlarini yaxshilash, jinoyatchilikni kamaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish va amaliy yordam berish maqsadida joylarda uchrashuvlar oʻtkazildi.

Jumladan,  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi D.Toshmuxamedova boshchiligida Yangihayot tumani hokimligida oʻtkazilgan uchrashuvda Xalq deputatlari Toshkent shahar va Yangihayot tuman Kengashlari deputatlari, tuman “Xalqparvar” komissiyasi aʼzolari va mutassaddi tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida “mahallabay” ishlash tizimida uchrayotgan muammolar, toʻsiq boʻlayotgan omillar va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar, yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish va ish bilan taʼminlash hamda tadbirkorlik koʻnikmalarini  oshirish boʻyicha tumandagi koʻrsatkichlar tahlil etilib, kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, tuman “Xalqparvar” komissiyasi aʼzolari tomonidan qisqa muddatga qilingan ishlar boʻyicha maʼlumot berilib, kelgusidagi rejalar xaqida toʻxtalib oʻtildi.

Tuman mutasaddilarining axborotlaridan soʻng, senator D.Toshmuxamedova tomonidan tuman moliya boʻlimi, bandlikka koʻmaklashish markazi, tibbiyot birlashmasi, yoshlar va xotin-qizlar boʻyicha masʼullariga xamda mahalla faollariga  tizimli hamkorlikda ish olib borish boʻyicha qator taklif va tavsiyalar berib oʻtdi.

Uchrashuv jarayonida “Yorqin hayot” mahalla fuqarolar yigʻini raisi E.Axmadjonov soʻzga chiqib, “Mahallabay” ishlash tizimini boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib, yosh tadbirkor M.Mamatqulovaning ishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mahalla guzariga taklif etdi.

Hayotxon Qoʻchqarova, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.