Xalq deputatlari Toshkent shahar va Sergeli tumani Kengashlari deputatlari tomonidan navbatdagi uchrashuvlar 31-Uchuvchilar okrugiga karashli «Oltin vodiy» va «Uchuvchilar» mahalla aholisi bilan oʻtkazildi.
«Oltin vodiy» MFY istiqomat qilayotgan fuqarolar M.Nosirov va K.Mingnorovalar mahalladagi koʻchalarda elektr chiroqlari mavjudligi, ammo chiroqlar ancha vaqtdan buyon yonmayotganligi, qolaversa chiroqlarni ustunlari eskirib yongʻin chiqish holatlariga kelib qolgani, shuningdek mahalla bolalari uchun bolalar maydonchasi yuqligini aytib oʻtdilar. Kechgi vaqtda elektr energiyasini quvvati 150-180 voltdan oshmasligini ham taʼkidlab, mazkur muammoni bartaraf etishda amaliy yordam berish boʻyicha yozma murojaatlarni deputatlarga taqdim etdilar.
Rus milliy madaniyat markazining majlislar zalida «Uchuvchilar» MFYda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan oʻtkazilgan uchrashuv jarayonida aholi «Samodagi Parvoz» shirkatining ish faoliyatini tanqid qilib, tegishli choralar kurilishini soʻrab murojaat qilindi, shuningdek, hududdagi 77 va 78 uylarda issiqlik tizimi ishlamayotganini aytib, amaliy yordam berish boʻyicha murojaatlari kelib tushdi.
Ajablanarlisi shuki, mazkur mahalllarda tuman mutasaddilari, respublika Ishchi guruhlari kelib sayyor qabullarni oʻtkazishgan boʻlsada, xanuzgacha bu muammolar oʻz yechimini topmay kelmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar va Sergeli tuman Kengashlari deputatlari H.Qoʻchkarova va A.Mirhidoyatovlar bildirilgan murojaatlarni oʻrganib, shahar miqyosida tegishli tashkilot rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning yechimi boʻyicha koʻrilgan choralar yuzasidan navbatdagi uchrashuvlar jarayonida axborot berishlarini taʼkidladilar.
Uchrashuv soʻngida deputatlar, oʻtgan vaqt mobaynida qilingan ishlari yuzasidan hisobot berib, kelgusi uchrashuvlarini belgilab oldilar.
gujum.uz