Joriy oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinfini 451 053 nafar oʻquvchi bitirib chiqqan boʻlsa, shulardan 6901 nafari oltin va kumush medallariga loyiq deb topildi.
Aytish joizki, bitiruvchilarga medallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-son Qaroriga asosan taʼlim muassasalarida tantanali ravishda topshirilishi lozim. Biroq, joriy yilda mamlakatimizdagi karantin holatini inobatga olib, barcha hududlarda medallar bitiruvchilarga karantin qoidalariga rioya qilingan holda topshirilmoqda.
Mazkur ragʻbat 2019 yildan buyon oʻquvchilarning taʼlim va tarbiyaga boʻlgan ishtiyoqini oshirish va ular orasida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, ularning sifatli taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida berilmoqda.