“Maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari muzeyda” loyihasi

0
578
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashabbusi bilan respublikamiz muzeylarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning amaliyotini taʼminlash maqsadida “Maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari muzeyda” loyihasi oʻtkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, Shahrisabz shahar Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyida Shahrisabzdagi 1-12 maktab oʻquvchilari va 22-sonli MTMsi tarbiyalanuvchilarining muzeyga ommaviy tashriflari vazirlik tomonidan tavsiya etilgan rejaga muvofiq  tashkil etilmoqda.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, kelajagimiz egalari ongida muzey bilan bogʻliq yorqin taassurotlar qoldirish, ularni  yurtimiz boy tarixiga faxr-iftihor ruhida tarbiyalash maqsadida muzey jamoasi tomonidan tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli davra suhbatlari, mavzuli ekskursiyalar tashkil etilmoqda.

Mavluda Asqarxoʻjayeva 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.