Malayziya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

0
82
views

17 may kuni «Koʻksaroy» qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat milliy madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi deya xabar beradi president.uz

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here