Poytaxtidagi Kosmonavtlar maydoni koʻrkam va nurafshon saylgohga aylandi

0
162
marta koʻrilgan.

Jahon tarixida 12 aprel sanasi  inson tomonidan koinotga ilk parvoz amalga oshirilgan — dunyo tamaddunini ifodalovchi kun!

 Yuriy Alekseevich Gagarin 1961 yilda «Vostok» kosmik kemasida oʻzining mashhur xitobi —“Poyexali!” (“Ketdik!”) hayojonli soʻzlari bilan ulugʻvor  fazoga yoʻl olgan.

Umumiy 108 daqiqa davom etgan bu parvoz koinotni oʻzlashtirishda ulkan qadam boʻldi va ushbu voqea sharafiga har yili butun dunyoda Aviatsiya va kosmonavtika kuni nishonlanadi.

Ushbu kun munosabati bilan  Yakkasaroy tumanida joylashgan Kosmonavtlar maydonini taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Bu yerdagi granit plitalar almashtirildi, oʻrindiqlar joylashtirilib, chor atrofi turfa gullar bilan bezatildi, daraxtlar ekildi. Tungi yoritish chiroqlari ham zamonaviy yoritgichlarga  almashtirildi. Maydon koʻrkam va orombaxsh  saylgohga aylandi.

 Aholiga kosmonavt Vladimir Janibekov haykali bilan birga “Koinot” monumental sanʼat yodgorligi oʻrnatilgan maydon 12 aprel  — Kosmonavtika kuniga munosib  sovgʻa boʻldi. Bolalarning quvnoq va jarangdon ovoziga toʻldi. Keksalar dam olib oʻtiradigan saylgohga  aylandi.

Otabek Nasimov, Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.