Turkiyaning Antalya shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi Oʻzbekiston terma jamoasi uchun ajoyib yakunlandi.
Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda mamlakatimiz qizlari ham, yigitlari ham dunyoning kuchli jamoalarini magʻlub etib, oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan oʻz yoʻnalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb eʼtirof etilgan yigitlarimiz musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini magʻlubiyatga uchratdi.
Qizlarimiz esa Bolgariya, Polsha va Italiya terma jamoalariga imkoniyat qoldirishmadi.