Maʼnaviyat festivali:  YANGI HAYOT UCHUN, YANGI  OʻZBEKISTON UCHUN!

0
173
marta koʻrilgan.

 Yangiariq tumanidagi Shirsholi mahallasida «Eng ulugʻ, eng aziz» bayram– Oʻzbekiston Respublikasi  mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviyat  bayrami  shodiyonalari boʻlib oʻtdi.

Istiqlol bayrami  mahalla ahliga  har yilgiga qaraganda yanada koʻtarinki ruh, bayramona joʻshqin kayfiyat bagʻishladi.  Chunki, Prezidentimizning tashabbusi bilan ”Obod xonadon”, “Obod koʻcha”, “Obod mahalla” mezonlari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi  bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning  muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar mahalla ahlining turmush sharoitlarini yaxshilashda muhim omil boʻldi. Amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari natijasida qisqa muddat ichida  mahalla qiyofasi butunlay yangicha koʻrinish kasb etib,  obod va koʻrkam goʻshaga aylandi.

Bayram tadbiri «Salomatlik uchun 5000 qadam» shiori ostida yurish marafoni bilan boshlandi. Mahalla tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, hunarmandchilik buyumlari, qishloq xoʻjalik mahsulotlarining koʻrgazmasi tashkil qilindi, milliy urf odatlarimiz aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Viloyat hokimi Joʻrabek Raximov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Xojimatov, Kambagʻallikni  qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva tadbir ishtirokchilarini Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdilar. » Eng obod xonadon»,» Eng obod koʻcha» nominatsiyalari gʻoliblariga viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.Poytaxtdan tashrif buyurgan sanʼat ustalari ijrosidagi konsert dasturi barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Viloyatimiz boʻylab  «Maʼnaviyat festivali» doirasidagi turli tadbirlar davom etmoqla.

D.BEKCHANOVA, jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.