Davlatimiz rahbari Quva tumaniga tashrifi chogʻida Fargʻona viloyatida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi.
Parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, tuyachilik, kartoshkachilik, limonchilik tarmoqlarini rivojlantirish, agrologistika markazi tashkil etish, yer oʻlchash, suvdan unumli foydalanish va boshqa loyihalar boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.
Bu tarmoqlar xalqimizning rizqi manbai. Maqsadimiz — mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish hisobidan oziq-ovqat tovarlari narxini arzonlashtirish. Odamlar hozirgidek daromadi bilan ham toʻq, farovon yashashga imkoni boʻlsin, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz tadbirkor va mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, ularni saqlash, qadoqlash va isteʼmolchilarga yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar berildi.