Maqsadimiz – yetuk kadrlar  yetishtirishdan iborat

0
172
marta koʻrilgan.

Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi, saʼy-harakati bilan qabul qilinayotgan hujjatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-maqsadi inson qadrini yuksaltirish, uning farovon  va baxtli hayotini taʼminlashga qaratilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti oʻtgan kasb bayramimiz munosabati bilan yoʻllagan tabrigida  “Men Yangi Oʻzbekistonning ichki ishlar organlari xodimlari – Vatanimizning asl oʻgʻlonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, maʼnaviy va maʼrifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor xalqimizning chin maʼnodagi himoyachilari ekaningizga qatʼiy ishonaman”-deb taʼkidladi.

Bunday yuksak baho barchamizni yurtimiz osoishtaligi va  qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida yanada samarali va fidoyilik bilan xizmat qilishga undaydi  va barcha ichki ishlar organlari xodimlariga katta masʼulyatni yuklaydi.

Yangi Oʻzbekistonning ichki ishlar organlari tuzilma sifatida borgan sari yangilanib, faoliyati esa takomillashib bormoqda, tizimdagi amalga oshirilayotgan  keng qamrovli maʼmuriy-huquqiy isloxotlar     zaminida esa inson huquqi, inson manfaati va inson qadri yotibdi.

 Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq maʼmuriy-huquqiy hujjatlar tahlili shuni koʻrsatmoqdaki har bir qabul qilingan meʼyoriy hujjatda qonun boʻladimi, Prezident qarori va boshqa maʼmuriy huquqiy hujjat boʻladimi  ularning asosiy negizida asosiy mazmunida inson huquqlari, inson manfaatlari va inson kadriga  yoʻnaltirilganligi koʻzga tashlanadi.

 Maʼmuriy-huquqiy islohotlar jarayoni Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi taʼlim muassasalarini ham oʻz ichiga qamrab olgan, misol uchun Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratilishiga asos boʻldi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri  Poʻlat Bobojonovning  «Pravdv Vostoka» gazetasi muxbiri bilan boʻlgan suhbatida shunday taʼkidlanadi: Hozirgi kunda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning 51,2 foizi oliy maʼlumotga ega boʻlib, shularning  14,9 foizi yuridik maʼlumotli mutaxassislardan iborat. Shaxsiy tarkibning 49,8 foizi oʻrta-maxsus maʼlumotga ega, xodimlarning deyarli yarmini yoshlar tashkil etadi.

Maʼmuriy-huquqiy islohotlar natijasida bugungi kunda ichki ishlar organlari tizimida kadrlar tayyorlashning noyob tizimi yaratilgan. Shu asosda kadr­lar  fundamentini- shakllantirish maqsadida 14 ta idoraviy akademik litsey, «Temurbeklar maktabi» va ixtisoslashgan maktab-internat faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Vazirlik Akademiyasida (4tadan) 8 ta yoʻnalish boʻyicha kunduzgi va sirtqi shaklda oʻqish amalga oshirilyapti. IIV Malaka oshirish instituti faoliyat koʻrsatib turibdi

Yuqorida sanab oʻtilganlar bilan birga Davlatimiz rahbarining 2021 yil 2 apreldagi «Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori bilan «Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ish­larni tashkil etish konsepsiyasi» tasdiqlangan.

Ushbu konsepsiya­­da ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning maʼnaviy salohiyati va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularning ongida Vatan taqdiri hamda kelajagi uchun daxldorlik tuygʻusini yanada mus­tahkamlash kabi ulugʻ maqsadlar oʻz aksini topgan.

Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, fuqarolarning tinchligi va mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash uchun har qanday huquqbuzarlikka qarshi kurashish soha xodimlaridan juda katta masʼuliyat talab etadi.

 Ana shu masʼuliyatli vazifalarni mard, vatanparvar, fidoyi, burchiga sadoqatli va halol xodimlargina bajara oladi. Konsepsiya­­da ichki ishlar organlari xodimlariga qoʻyiladigan asosiy talablar qatorida muomala madaniyatiga rioya etish, murojaat qilgan shaxsni eʼtibor bilan tinglash, holatga xolisona, burchiga vijdonan yondashish orqali shaxsiy namuna koʻrsatishlari lozimligi ham alohida belgilangan.

Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan barcha maʼmuriy-xuquqiy isloxotlar  faqat yaxshilikka, Inson qadrini chinnakam ulugʻlashga bagʻishlangan ishlardir.

Shu bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda gap koʻp. Ayniqsa, yosh xodimlarni ona-Vatanga muhabbat, kasb­ga sadoqat ruhida tarbiyalash, xizmat intizomi va qonuniylikni mus­tahkamlash bilan chambarchas  bogʻlik.

Oldimizda qilinadigan ishlar hali juda koʻp.      Barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkib oʻrtasida ham maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishimiz, xodimlarning bilim saviyasini yanada oshirish, yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar, oʻz kasbiga sadoqatli va fidoyi xodimlarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratishni kuchaytirishimiz lozim.

 Inson qadrini ulugʻlash tamoili bilan oldimizga qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish  tizimda xizmat qilayotgan barcha shaxsiy tarkibning kasbiy bilim saviyasini oshirishni talab etadi.

 Shu bois Vatanga sid­qidildan xizmat qilish sharafli burch ekanligini  biz oʻqitayotgan kursant va tinglovchilar  qalbiga yetqazishda, nazarimda birinchi navbatda ular koʻplab kitob oʻqishlari zarur, ikkinchisi bu  ham juda muhim:  ular  motivatsiya olishi uchun biz professor-oʻqituvchilarni, qolaversa olimlarni shaxsiy namunamiz juda katta oʻrin egallaydi. Ichki ishlar organlari amaliyoti  uchun yetuk kadrlar, malakali mutaxassislar tayyorlashdek muhim vazifalarimizni bajarishda har birimiz oʻz faoliyatimizni tanqidiy tahlil etib sidqidildan yondashishimiz zarur.

Soraxon AXMEDOVA, yuridik fanlar doktori, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi maʼmuriy huquq kafedrasi professori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.