Maqsud — jahon chempionati sovrindori

0
185
marta koʻrilgan.

Chilining Santyago shahrida oʻtgan dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 64 davlatdan 428 nafar sportchi gʻoliblik uchun kuch sinashdi. Ular orasida Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining 1-bosqich oʻquvchisi Maqsud Ochilovning ham borligi tahsinga loyiqdir. U Navbahor tumani, «Burqut» mahallasida yashaydi, deya xabar bermoqda Navoi.uz saytida.
Musobaqaning dastlabki ku­nida 50 kilogrammgacha boʻl­gan dzyudochilar bahsida ish­tirok etgan sportchimiz Maqsud avst­raliyalik Keyn Styuart, ikkin­chi davrada vengriyalik Fechko Sanadlarni yengdi. Fi­nal yoʻl­lan­masi uchun oʻtkazil­gan jang­da tatamiga turkiyalik Ejder Toktay bilan bahs olib bo­rib, uni ham magʻlubiyatga uch­rat­di.
Jahon chempionatining oltin medali uchun kechgan murosasiz bellashuvda Maqsud brazi­liya­lik Aldi de Oliveyraga qar­shi gilamga tushdi va kumush me­­dalni qoʻlga kiritdi.
— Xalqaro maydondagi nu­fuz­li musobaqada qatnashayot­ga­nimda meni mana shu da­ra­jada voyaga yetkazgan ota-onam­ning mehri, Vatanimiz, mahal­la­doshlarim turganini, yarati­layotgan sharoitlarning bar­cha­si istiqlolimiz sharofa­ti­dan ekanini chin dildan his qi­laman. Mana shu tuygʻu menga katta kuch-quvvat va ishonch ber­di, — deydi M. Ochilov. — Sport bilan shugʻullanishim na­faqat jismonan sogʻlom, bal­­ki mustahkam irodali va qatʼ­iyatli boʻlishimga yordam ber­moq­da. Bizning oila «sport­chi­lar oilasi» desam, mu­bolagʻa boʻl­maydi. Chunki otam Salim Ju­mayev kurash boʻyicha murab­biy. U kishidan juda koʻp nar­sani oʻrgandim. Yuqo­ri nati­jalarga erishi­shim­­da ustozim Is­moil Qur­bo­novning ham xiz­matlari katta. Ismoil aka mu­so­baqaga keti­shim­dan oldin «Sen u yerga na­faqat oʻzbekis­ton­lik dzyudochi, balki Oʻzbe­kis­tonning yuzi ham boʻlib ke­tayapsan. Yuzing yer­ga qara­ma­sin», dedilar. Xu­losa qildim. Natijasi yomon boʻl­madi.
Maqsudning sport bilan oshno boʻl­ganiga 5 yil boʻlibdi. U shu davr ichida bir necha bor Osiyo va Oʻzbekiston chempionat­lari­da ishtirok etib, teng­doshlari orasida tengsiz eka­nini is­botlab, shohsupa choʻq­qi­siga koʻ­tarilgan.
Bolalar sportini rivoj­lan­­tirish borasidagi islo­hot­­lar izchil davom ettirilar ekan, Maqsud kabi yoshlari­miz­ning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi, oʻz kuch va sa­lo­hiya­ti bilan dunyoni lol qoldi­rib, Oʻzbekiston far­zand­­lari hech kimdan kam emas­ligi va hech qachon kam boʻlmas­ligini is­botlayverishi shub­hasiz.
Xurshida NARZIYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.