«Markaziy Osiyo — Xitoy» sammiti ishtirokchilari tantanali kutib olindi

0
105
marta koʻrilgan.

Sian shahridagi Tan sulolasi bogʻida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib oldilar.

Marosimda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Birgalikda suratga tushildi.

Oliy martabali mehmonlarga saroy oldidagi maydonda Xitoyning boy tarixi va madaniyatini oʻzida aks ettirgan yorqin sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 19 may kuni boʻlib oʻtadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.