Matbuot-haqqoniy axborot manbai

0
185
marta koʻrilgan.

Ayni kunda xech bir soha yoki tashkilot yoʻqki, oʻz faoliyatini OAV siz tasavvur qiladigan. Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi faoliyatida gazeta taxririyatlari bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish anʼanaga aylandi.

Asosiy maqsad — kitobxonlarni koʻpaytirish, kutubxonalar faoliyatini ommalashtirish, keng targʻibot qilish va eng asosiysi aholiga, yoshlarga zamon talablari asosida tez va sifatli axborot yetkazishdir. Bugungi uchrashuvimiz “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi taxririyati jonkuyarlari va oʻtkir qalam egalari boʻldi. Ijodiy uchrashuvda Toshkent shahardagi 11 ta tuman axborot-kutubxona markazlari direktorlari, mutaxassislari, keng kitobxonlar ommasi, Olmazor tumani Nuroniylar jamgʻarmasi boshligʻi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Bosh muharriri oʻrinbosari Abubakir Oʻrozov Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi muassisligida chop etila boshlangan mazkur ijtimoiy-siyosiy gazetaning  maqsad va vazifalari  toʻgʻrisida soʻzladi.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Bekqul Egamqulov keyingi yillarda Oʻzbekistonda soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash uchun ochiq maydon yaratilganligi va ikki asrni koʻrgan ustoz sifatida kechagi va bugungi imkonlar haqida oʻz qarashlarini bayon etdi.

Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va yoshlar siyosati boʻlimi katta muxbiri Xayriddinmurod Abulfayzov yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonini aholining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlar ishtirokisiz tasavvur qilib boʻlmasligi, yuksak bilimli, intellektual salohiyatli yigit-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib oʻrin egallashlariga koʻmaklashish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylanganligini taʼkidladi.

Madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi katta muxbiri Muxtasar Tojimamatova mamlakatimizning adabiy-ijodiy, maʼnaviy-maʼrifiy havosi soʻnggi yillarda mutlaqo oʻzgarib tozarib borayotgani, uchinchi renessansga mustahkam maʼnaviy poydevor yaratish uchun olib borilayotgan ezgu ishlar toʻgʻrisida tahririyatda tayyorlanayotgan maqola va suhbatlar haqida toʻxtaldi. Shuning bilan birga “yuz.uz” saytida eʼlon qilingan sheʼrlaridan oʻqib berishi davrani yanada jonlantirdi.

Uchrashuv juda jonli muloqot tarzida, oʻta baxs munozaralarga boy tartibda oʻtdi. Ayniqsa maqola  tayyorlash mezonlari, unga qoʻyilgan talablar toʻgʻrisidagi kitobxonlar va muxlislarning savollariga tahririyatning ijodiy xodimlari javob berishdi.

Shuningdek,  biz tomonimizdan tashabbus qilingan «Kutubxona xayoti» rukni ostida kutubxona, kitob va kitobxonlik masalalarini oʻzida qamrab oladigan rukn tashkil etish taklifi taxririyat tomonidan qoʻllab quvvatlanishi koʻzlagan maqsadimizga ishonch umidlarini berdi. Albatta, bu faoliyat nafaqat Toshkent shahrida, balki respublika miqyosida sohamizning taraqqiyotini taʼminlashga mustaxkam zamin yaratadi.

Hafiza KARIMOVA, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.