Matematika boʻyicha Amerika olimpiadasi

0
353
marta koʻrilgan.

Fan olimpiadalari  mamlakat kelajagi boʻlgan farzandlarimizni mushohadasini, bilim doirasini kengaytiradi.   Bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini orttiradi. Sinovlar oʻquvchilarni yangi ufqlar sari chorlaydi. Shuning uchun mamlakatimizda  va jahonda  turli bellashuvlar tez-tez oʻtkazilib turiladi.

Koʻngilli boʻlib oʻz kuchini sinab koʻruvchi oʻquvchilar uchun ikki  oy avval matematika boʻyicha Amerika olimpiadasining kuzgi turi boʻlib oʻtgan edi.  Unda poytaxtdagi 15ta  davlat maktabi va 5ta xususiy maktabning mingdan ortiq  oʻquvchilari  oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi.

Kecha – 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi Lider maktabida gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Gʻolib  oʻquvchilarga  oltin, kumush va bronza medallari topshirildi. Shuningdek , olimpiadada qatnashgan bolalar ham quriq qolishmadi.  Ularga qatnashuvchi sifatida sertifikatlar berildi.

Bizning nevaramiz  110-maktabning 6- sinf  oʻquvchisi Navroʻzbek Saʼdullayev bronza medalini qoʻlga kiritdi. Barcha gʻoliblarni saytimiz nomidan qutlaymiz. Yurtimizga tayanch, suyanch boʻlib yetishishlarida tilakdoshmiz.

Namoz Saʼdullayev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.