Fan olimpiadalari mamlakat kelajagi boʻlgan farzandlarimizni mushohadasini, bilim doirasini kengaytiradi. Bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini orttiradi. Sinovlar oʻquvchilarni yangi ufqlar sari chorlaydi. Shuning uchun mamlakatimizda va jahonda turli bellashuvlar tez-tez oʻtkazilib turiladi.
Koʻngilli boʻlib oʻz kuchini sinab koʻruvchi oʻquvchilar uchun ikki oy avval matematika boʻyicha Amerika olimpiadasining kuzgi turi boʻlib oʻtgan edi. Unda poytaxtdagi 15ta davlat maktabi va 5ta xususiy maktabning mingdan ortiq oʻquvchilari oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi.
Kecha – 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi Lider maktabida gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Gʻolib oʻquvchilarga oltin, kumush va bronza medallari topshirildi. Shuningdek , olimpiadada qatnashgan bolalar ham quriq qolishmadi. Ularga qatnashuvchi sifatida sertifikatlar berildi.
Bizning nevaramiz 110-maktabning 6- sinf oʻquvchisi Navroʻzbek Saʼdullayev bronza medalini qoʻlga kiritdi. Barcha gʻoliblarni saytimiz nomidan qutlaymiz. Yurtimizga tayanch, suyanch boʻlib yetishishlarida tilakdoshmiz.
Namoz Saʼdullayev