Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Atrof bayramona bezatilgan. Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbarlar tarkibi saf tortgan.
Davlat rahbari, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qoʻmondoni ularni bayram bilan tabrikladi.
Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi.
Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.
Bu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida besh oʻgʻlidan ayrilgan jafokash va matonatli ona – Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan. U xalqimizning urushdagi yoʻqotishlari, gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasining timsoli sifatida bogʻ markazidan oʻrin olgan. Bu yodgorlikka gul qoʻyish barcha Oʻzbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.
Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillari ham majmua poyiga gullar qoʻydi.