MDH oʻyinlarida delegatsiyamiz umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni saqlab turibdi

0
100
views

Rossiyaning Qozon shahrida  oʻtkazilayotgan MDH oʻyinlaridagi Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki davom etmoqda.

Kecha navbatdagi kun bahslarida  barcha medallar sambo sport turida qoʻlga kiritildi. Terma jamoamiz vakillari mazkur bahslarda 1 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. 

Undan avvalgi kunda esa jamoamiz oʻq otish, koresh va 3x3 basketbol boʻyicha medallarga sazovor boʻldi. Unda delegatsiyamiz hisobiga 1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari yozildi. 

Shuning bilan Oʻzbekiston jamoasi hisobidagi medallar 16 ta oltin, 25 ta kumush va 18 ta bronzani tashkil etmoqda.

MDH oʻyinlarida delegatsiyamiz hamon umumjamoa hisobida mezbonlardan soʻng ikkinchi pogʻonani saqlab turibdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here