Shu kunlarda goʻzal xushxabar mamlakatimiz boʻyicha qanot qoqdi. 2023-2024 oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, 122 ta medal sohibiga aylangan yurtimiz oʻquvchilari ulugʻvor natijalari bilan mamlakatimizning uchinchi renessansga poydevor qoʻyilayotganini ifodalashdi. Yurtimiz allomalar yurti ekanliginini yana ularning izdoshlari yetishib chiqayotganini qayd etishdi.
Davlatimiz ham ularni munosib taqdirladi. Gʻolib oʻquvchilarni va ularning oʻqituvchilarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd soʻm ajratildi.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
— oltin medal sohibiga — 187,5 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 168,75 mln. soʻm;
— kumush medal sohibiga — 112,5 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 93,75 mln. soʻm;
— bronza medal sohibiga — 75 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 56,25 mln. soʻm berildi.
Ushbu medallar egalariga imtiyozlar ham berildi. Ular davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi oʻquv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va toʻgʻridan-toʻgʻri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Bundan tashqari, nufuzli xalqaro olimpiada gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi sifatida gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy olimpiada sovrindorlari oliy taʼlim muassasalariga kirishda oʻz fanidan maksimal ballga ega boʻladi.
Murabbiy Moxira Boltaboyeva bugungi kun qahramoni boʻldi. U yosh boʻlishiga qaramasdan oʻz bilimini oʻquvchilarga singdira oldi, ularni yuqori natijaga olib chiqoldi. Moxira Boltaboyevaning oʻquvchilari bu yil kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada naqd 3 ta oʻrinni egallab qaytishdi. Davlatimiz tomonidan Mohira Boltaboyevaning taqdirlanishi ortidan mukofot pulining 1 milliardga yaqinlashdi.
Yoshgina boʻla turib katta yutuqqa erishgan murabbiyga koʻplarning havasi kelyapti. Ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar ham shundan dalolat beryapti. Xalqimizning «havas qilgan yetar murodga» degan hikmati mavjud. Bilimdon ustozlarning izi koʻpaysin, Yoshlarimiz bugungi yutuq-u, saʼy — harakatlari bilan toʻxtab qolishmasin, Xorazmiy, Beruniy, Fargʻoniy Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek kabi dunyoni lol qoldiradigan fozil insonlar boʻlib kamol topishlarida, fan olamining ham yulduzlari boʻlishila ezgu talaklar bildirib kolamiz.
GUJUM.UZ . Suvratda: ustoz Moxira Boltaboyeva (Oʻz A olgan foto).