Mini-futbol: Yettita yosh toifalaridagi guruhlarda Respublika birinchiligi start oldi

0
254
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan yetti yosh guruhda tashkil etilmoqda. Musobaqalarga birinchilardan boʻlib Namangan shahrida start berildi.

Respublikaning barcha hududlaridagi Maxsus futbol maktab-internatlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va oʻsmirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari hamda Bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari oʻrtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqichi yanvar-fevral oylarida viloyatlar miqyosida oʻtkazilsa, ikkinchi bosqichida viloyatlar gʻoliblari oʻzaro kuch sinashishadi va gʻolibni aniqlashadi.

Musobaqani tashkil etishdan koʻzlangan maqsad mamlakatning barcha hududlarida bolalar  va oʻsmirlar oʻrtasida mini-futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishdan iborat.    

Namangan shahrida start olgan musobaqada 4ta yosh toifadagi guruhlarda gʻoliblar aniqlandi. 11 yoshlilar guruhida “Navbahor” futbol klubi qoshidagi “Navbahor” BOʻSMi, 13 yoshdagi guruhda Namangan shahrining “Barkamol” BOʻSMi, 15 yoshlilar guruhida Chortoq tumani BOʻSMi, 16 yoshlilar oʻrtasidagi bahslarda esa Kosonsoy tumani BOʻSMi muvaffaqiyat qozonishdi. Qolgan uchta  yosh toifadagi guruhlar musobaqasi fevral oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, bugundan Andijon va Xorazm viloyatlarida ham bellashuvlar boshlandi.

Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabari

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.