Misha Ge “Toʻrt qitʼa kubogi” musobaqasini oltinchi oʻrinda yakunladi

0
136
marta koʻrilgan.

Toʻrt kun davomida Xitoy Taypeyida oʻtkazilgan figurali uchish boʻyicha «Toʻrt qitʼa kubogi» turniri yakunlandi. Ushbu turnirda toʻrt qitʼa: Afrika, Amerika, Osiyo va Avstraliya/Okeaniya mintaqalaridan sportchilar ishtirok etdilar. Musobaqa koʻpgina sportchilar uchun qishqi Olimpiya oʻyinlari oldidan soʻnggi tayyorgarlik bosqichi vazifasini oʻtab berdi. 

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Misha Ge 25 yanvar kuni qisqa dasturda chiqish qilib 8-oʻrinni egallagani xaqida xabar bergandik. Bugun Misha endi erkin dasturda oʻz omadini sinab koʻrdi. 
Dastur yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi 7-oʻrinni egalladi. Ammo undan yuqorida turgan sportchilar bugun erkin dasturda biroz muvaffaqiyatsiz ishtirok etishgani sabab, Misha Ge umumiy hisobda turnirni oʻttiz nafar sportchi orasida 6-oʻrinda yakunladi. 
Maʼlumot uchun, Misha Ge Xitoy Taypeyidan toʻgʻri AQSHga parvoz qiladi va Olimpiya oʻyinlari oldidan soʻnggi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini okean ortida oʻtkazadi. 11 fevral kuni u Los-Anjelesdan toʻgʻri Pxyonchxanga uchadi.
Eslatib oʻtamiz, XXIII qishki Olimpiya oʻyinlari 9-25 fevral kunlari Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtadi. Unda ikki nafar sportchimiz Misha Ge (figurali uchish) va Komil Toʻxtayev (togʻ changʻisi)lar yurtimiz sharafini himoya qilishadi
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.